Integratsiyalashgan dasturlar Oliy maktabi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida, Buyuk Britaniyaning Northumbria va Hertfordshire universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro dasturlar maktabi.
Nega aynan bizning Oliy maktab?
Talabalarga xalqaro darajadagi ta'lim va global imkoniyatlarni taqdim etuvchi 3 asosiy ustun.
2 ta xalqaro diplom
O'zbekistonda turib Buyuk Britaniyaning TOP-300 reytingidagi Northumbria yoki Hertfordshire diplomi egasi bo'ling.
Davlat va jamg'arma grantlari
"El-yurt umidi" jamg'armasi va muassasa grantlari orqali ta'lim xarajatlarini to'liq qoplash imkoniyati.
Xalqaro studiyalar va amaliyot
1-kursdanoq real arxitektura va qurilish loyihalarida ishtirok etish hamda chet elda amaliyot o'tash.
So'nggi muhim xabarlar
Kuzatuv kengashining tashkiliy yig'ilishi bo'lib o'tdi
Institut boshqaruv tuzilmasi va yillik ish rejasi tasdiqlandi, hamkor xorijiy universitetlar va vazirlik vakillari ishtirok etdi.
2026–2027 o'quv yiliga qabul shartlari e'lon qilindi
Xalqaro ta'lim dasturlariga abituriyentlarni saralab olish va hujjat topshirish talablari ochiqlandi.
Oliy maktab tarixi va missiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-269-son qarori asosida tashkil etilgan xalqaro ta'lim markazi.
Huquqiy maqom va tashkil etilishi
Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi (School of Integrated Programmes — HSIP) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyuldagi PQ-269-son qaroriga muvofiq, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan.
Ustuvor vazifalarimiz
Oliy maktabning asosiy vazifasi — Buyuk Britaniya va jahonning TOP-300 reytingiga kiruvchi yetakchi universitetlari andozalari asosida ilg‘or ta'lim tajribasini joriy etish, xalqaro malaka tizimlariga (RQF/ECTS) mos o'quv dasturlarini yaratish hamda arxitektura, muhandislik va menejment sohalarida xalqaro toifadagi kadrlarni tayyorlashdir.
Akademik o'ziga xoslik
Talabalar dars jarayonlarida xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qiladilar, o‘quv kurslari real ishlab chiqarish va dizayn-studio loyihalariga integratsiya qilingan. Dasturlar 'El-yurt umidi' jamg'armasi orqali moliyalashtirilish imkoniyatiga ega.
Ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar
Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlari bilan integratsiyalashgan xalqaro ta'lim yo'nalishlari.
BAKALAVRIAT YO'NALISHLARI (UNDERGRADUATE)
Arxitektura
Xalqaro dizayn studiyasi uslubi, shaharsozlik tamoyillari va zamonaviy arxitektura loyihalash amaliyoti.
Fuqarolik va konstruktiv muhandislik
Bino va inshootlar mexanikasi, seysmik chidamlilik, innovatsion qurilish materiallari va konstruksiyalar.
Qurilish menejmenti va iqtisodiyoti
Katta qurilish loyihalarini boshqarish, xalqaro smeta tizimlari, shahar infratuzilmasi va xavfsizlik auditlari.
MAGISTRATURA YO'NALISHLARI (POSTGRADUATE)
Barqaror shaharsozlik va "Aqlli" shaharlar
Urbanistika, ekologik me'morchilik, "Smart City" konsepsiyalari va zamonaviy transport infratuzilmasi.
Xalqaro qurilish loyihalarini boshqarish
Xalqaro shartnomalar (FIDIC), venchur boshqaruv, qurilishda BIM texnologiyalari va moliyaviy tahlil.
Struktural muhandislik va geoinformatika
Murakkab geo-texnik hisob-kitoblar, sun'iy intellekt asosidagi konstruktiv tahlillar va zamonaviy geodeziya.
Institut hayotidan so'nggi voqealar
Rasmiy qarorlar, xalqaro uchrashuvlar va o'quv jarayoniga oid eng muhim xabarlar.
Kuzatuv kengashining tashkiliy yig'ilishi bo'lib o'tdi
Institut boshqaruv tuzilmasi va yillik ish rejasi tasdiqlandi, hamkor xorijiy universitetlar va vazirlik vakillari ishtirok etdi.
Batafsil o'qish →Oliy maktab Ustavi rasmiy tarzda tasdiqlandi
Muassasaning rasmiy faoliyat yo'nalishlari va akademik erkinlik tamoyillari belgilab berildi.
Batafsil →2026–2027 o'quv yiliga qabul shartlari e'lon qilindi
Xalqaro ta'lim dasturlariga abituriyentlarni saralab olish va hujjat topshirish talablari ochiqlandi.
Batafsil →Hamkor Britaniya universitetlari bilan o'quv reja kelishuvi imzolandi
Northumbria va Hertfordshire OTMlari bilan o'quv kreditlarini o'zaro tan olish memorandumi tasdiqlandi.
Batafsil →Oliy maktab faoliyati keng jamoatchilikka rasman taqdim etildi
Oliy ta'lim vazirligi va xalqaro ekspertlar ishtirokida maxsus taqdimot anjumani o'tkazildi.
Batafsil →Yangilik sarlavhasi
Oliy maktab ma'muriyati
Xalqaro standartlar asosida ta'lim sifatini ta'minlovchi rahbar xodimlar.
Oliy maktab Direktori
Oliy maktabning umumiy boshqaruvi, xalqaro hamkorlik strategiyasi va Britaniya OTMlari bilan ta'lim integratsiyasini muvofiqlashtiradi.
O'quv ishlari va xalqaro hamkorlik bo'yxcida direktor o'rinbosari
Dasturlar muvofiqligi, kredit-modul tizimi (ECTS/CATS) dars jarayonlarining Buyuk Britaniya standartlariga muvofiqligini nazorat qiladi. Xorijiy hamkorlar bilan uchrashuvlar va progression jarayonlarini tashkil etadi
iQTISODIYOT VA MARKETING BO'YICHA DIREKTOR O'RINBOSARI
Oliy maktab faoliyatining biznes-reja va moliyaviy-iqtisodiy barqarorlik dasturlarini ishlab chiqadi. Northumbria, Hertfordshire va xorijiy hamkorlar bilan talabalar almashinuvi, '1+3' va '2+2' progression jarayonlarini tashkil etadi.
2026/2027 o'quv yili uchun qabul
Ariza topshirish tartibi, talablar va onlayn ro'yxatdan o'tish shakli.
Kerakli hujjatlar va talablar
- 01. Pasport yoki ID karta — PDF yoki sifatli fotosurat nusxasi
- 02. Shahodatnoma yoki Diplom — Umumiy o'rta yoki o'rta maxsus ta'lim hujjati
- 03. Ingliz tili sertifikati — IELTS 5.5+ / CEFR B2 (yoki ichki imtihon)
- 04. Fotosurat — 3.5x4.5 o'lchamdagi elektron rasm
Dasturlarni "El-yurt umidi" jamg'armasi orqali moliyalashtirish imkoniyati mavjud.
Onlayn ariza topshirish
Qabul komissiyasi a'zolari bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanish va dastlabki ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ariza shaklini to'ldiring.
Google Formani to'ldirish ↗ Ariza ko'rib chiqish muddati: 24-48 soatBiz bilan bog'lanish
Oliy maktabimiz kampusi, qabul shtabi va elektron aloqa vositalari.
Kampus joylashuvi
Vaqtincha bino: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Yangishahar ko'chasi, 9A (TAQU binosi)
Doimiy bino: Yunusobod-14, 73-uy
Aloqa liniyasi
Qabul shtabi: +998 (97) 555-29-39
Universitet devonxonasi: +998 (71) 200-00-00
Telegram: @sip_qabul
Rasmiy yozishmalar
Umumiy so'rovlar: info@sip.uz
Qabul komissiyasi: admission@sip.uz
Hamkorlik uchun: international@sip.uz